«mudofaa vazirligi» tegli maqolalar


O‘zbekiston harbiylari Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan musobaqada 2-o‘rinni egalladi
18 oktabr 2021, 09:56

O‘zbekiston harbiylari Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan musobaqada 2-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston harbiylari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida o‘tkazilgan “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida AQShni ortda qoldirib, mezbonlardan keyingi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mudofaa vazirligi jamoasi musobaqada turli murakkab shartlardan iborat 90 km masofani 37 soatda bosib o‘tdi.

O‘zbekiston Qurolli kuchlari Britaniya harbiy bazalarida malaka oshirishi mumkin
22 sentabr 2021, 10:57

O‘zbekiston Qurolli kuchlari Britaniya harbiy bazalarida malaka oshirishi mumkin

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Britaniya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2021−2022 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi. Ushbu kelishuv asosida O‘zbekiston Qurolli kuchlari Birlashgan Qirollik harbiy bazalarida malaka oshirishi yoki u yerda o‘tkaziladigan harbiy o‘yinlarda ishtirok etishi mumkin.

O‘zbekiston harbiylari SHHT davlatlari o‘rtasidagi «Mirnaya missiya» mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda
13 sentabr 2021, 11:50

O‘zbekiston harbiylari SHHT davlatlari o‘rtasidagi «Mirnaya missiya» mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston harbiylari Rossiyaning Orenburg viloyatidagi Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan «Mirnaya missiya — 2021» o‘quv shtab mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Afg‘oniston bilan chegarada o‘quv yig‘ini o‘tkazmoqda
7 sentabr 2021, 16:57

O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Afg‘oniston bilan chegarada o‘quv yig‘ini o‘tkazmoqda

O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Afg‘oniston bilan chegara hududda joylashgan «Termiz» dala o‘quv maydonida o‘quv yig‘inini o‘tkazmoqda.

Forish poligonida o‘tkazilayotgan ArMI-2021 musobaqalarida O‘zbekiston peshqadamlik qilmoqda
27 avgust 2021, 18:11

Forish poligonida o‘tkazilayotgan ArMI-2021 musobaqalarida O‘zbekiston peshqadamlik qilmoqda

Markaziy harbiy okrugning Forish poligonida Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan «Harbiy tibbiy estafeta» va «Dala oshxonasi» musobaqalari davom etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi vakillari boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan o‘yinlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston armiyasining qariyb 100 foizi vaksina oldi
12 avgust 2021, 20:43

O‘zbekiston armiyasining qariyb 100 foizi vaksina oldi

Mudofaa vazirligining qariyb 95 foiz harbiy xizmatchilari koronavirusga qarshi vaksinaning kamida birinchi dozasi bilan emlangan. Ikkinchi dozani — 91,6 foizi, uchinchisini — 61,1 foizi qabul qilgan.

Tojikistonda uch tomonlama harbiy mashg‘ulotlar muvaffaqiyatli yakunlandi
12 avgust 2021, 17:07

Tojikistonda uch tomonlama harbiy mashg‘ulotlar muvaffaqiyatli yakunlandi

O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya “Harb-Maydon” poligonida qo‘shma mashqlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Aviatsiya, razvedka, o‘t o‘chirish majmualari hamda havo desantli hujum kuchlari ishtirokida turlararo qo‘shinlardan foydalanish birinchi marta namoyish etildi.

O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi
2 avgust 2021, 13:00

O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o‘zbek-rus-tojik hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. 1 avgust kuni harbiylar uzoq masofali marsh asosida Tojikistondagi Harb-Maydon poligoniga yetib borishdi.

Video: Zomindagi yong‘in o‘chirilayotganda havodan 30 tonnadan ziyod suv tashlandi
2 avgust 2021, 10:44

Video: Zomindagi yong‘in o‘chirilayotganda havodan 30 tonnadan ziyod suv tashlandi

Mudofaa vazirligining vertolyotlari tomonidan yakshanba kuni Zomindagi o‘rmon yong‘inini o‘chirayotganda havodan olovga 30 tonnadan ziyod suv tashlandi.

Rossiyalik harbiylar Surxondaryodagi mashg‘ulotlarga yetib keldi
30 iyul 2021, 21:26

Rossiyalik harbiylar Surxondaryodagi mashg‘ulotlarga yetib keldi

Rossiya harbiy xizmatchilari shartli dushman bazalarini qidirib topish va yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma o‘quvlarda ishtirok etish uchun Surxondaryoga yetib keldi.

Harbiy xizmatchi cho‘kayotgan ayol va uning farzandini qutqarib qoldi
24 iyul 2021, 22:33

Harbiy xizmatchi cho‘kayotgan ayol va uning farzandini qutqarib qoldi

Harbiy xizmatchi 2 yoshli farzandi bilan birga Toshkentdagi Anhor kanalida cho‘kayotgan ayolni qutqarib qoldi.

«Sazagan» poligonida Rossiya harbiylari bilan hamkorlikda jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
6 iyul 2021, 13:02

«Sazagan» poligonida Rossiya harbiylari bilan hamkorlikda jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Rossiya harbiy mutaxassislari va O‘zbekiston harbiylari bilan hamkorlikda «Sazagan» dala-o‘quv maydonida «BTR-82» jangovar texnikasi va «AGS-17» granatomyotlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

Mudofaa vazirligi O‘zbekiston armiyasining jangovar shayligini tekshirmoqda
24 iyun 2021, 19:34

Mudofaa vazirligi O‘zbekiston armiyasining jangovar shayligini tekshirmoqda

O‘zbekiston mudofaa vazirligi harbiy okruglarida qo‘shinlarni jangovar shaylikka keltirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar boshlandi. Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov rahbarligida Toshkent va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruglari hamda rejaga asosan qo‘qqisdan tekshiruvlar bo‘lib o‘tmoqda.

«Xalqaro nufuzga loyiq bo‘lishi shart». Mudofaa vazirligi 30 mlnlik ruchkalar haqida
10 iyun 2021, 18:58

«Xalqaro nufuzga loyiq bo‘lishi shart». Mudofaa vazirligi 30 mlnlik ruchkalar haqida

Mudofaa vazirligi 30 mln so‘mlik ikkita oltin ruchka xaridi haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, vazirlikning kanselyariya jihozlarini yangilashga ehtiyoj paydo bo‘lgan. «Xalqaro tadbirlarda qo‘llaniladigan ashyolar xalqaro nufuzga loyiq darajada bo‘lishi shart, deya hisoblanadi», deyiladi vazirlik xabarida. Bunga qadar, vazirlik vakili anglashilmovchilik bo‘lgani va vazirlik 15 mln so‘mga tilla ruchka olishday dabdabaga o‘ch emasligini aytgandi.

Mudofaa vazirligi 30 mln so‘mga ikki dona tilla ruchka sotib olishni rejalashtirmoqda
10 iyun 2021, 14:17 1

Mudofaa vazirligi 30 mln so‘mga ikki dona tilla ruchka sotib olishni rejalashtirmoqda

Mudofaa vazirligi 30 mln so‘mga ikkita oltindan ishlangan qalam sotib olishni rejalashtirmoqda. Avval ham premium toifadagi ish yuritish materiallari sotib olingan. Bunga misol qilib, Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi rasmiy delegatsiyalarni qabul qilish uyi va prezident administratsiyasi ma’muriy bo‘limi davlat qarorgohlari direksiyasi amalga oshirgan xaridlarni olish mumkin.

Mudofaa vazirligi: Rossiya bilan hamkorlik dasturidan xavotirlanish asossiz
5 may 2021, 08:50

Mudofaa vazirligi: Rossiya bilan hamkorlik dasturidan xavotirlanish asossiz

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Rossiya bilan 2025 yilgacha harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi imzolanishidan xavotirlanish «mutlaqo asossiz» ekanini ma’lum qildi. Rossiya va boshqa davlatlar bilan hamkorlik «ishonch, tenglik, o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida quriladi».

O‘zbekiston harbiylari AQSHdagi «Ilg‘or jangchi» musobaqasida g‘olib bo‘ldi
26 aprel 2021, 12:20

O‘zbekiston harbiylari AQSHdagi «Ilg‘or jangchi» musobaqasida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik harbiylar 19−24 aprel kulari AQSHning Missisipi shtatida o‘tkazilgan «Ilg‘or jangchi» musobaqasida g‘olib bo‘lishdi.

«Termiz» poligonida o‘zbek-turk harbiylari o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
23 mart 2021, 11:48

«Termiz» poligonida o‘zbek-turk harbiylari o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

«Termiz» poligonida O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari Qurolli Kuchlarining maxsus bo‘linmalari maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi.

O‘zbekiston harbiylari Xalqaro armiya o‘yinlarining ikki yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi (foto)
1 sentabr 2020, 20:09

O‘zbekiston harbiylari Xalqaro armiya o‘yinlarining ikki yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi (foto)

O‘zbekistonlik harbiylar Xalqaro armiya o‘yinlarining ikki yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Rossiya ikkinchi, Belarus harbiylari esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Norin tumanida daryoni kesib o‘tish uchun vaqtinchalik ko‘prik qurildi
11 avgust 2020, 18:16

Norin tumanida daryoni kesib o‘tish uchun vaqtinchalik ko‘prik qurildi

Namangan viloyatining Uychi hamda Norin tumanlari orasini bog‘lovchi «Norindaryo» ko‘prigi qurib bitkazilgunga qadar Mudofaa vazirligi harbiylari aholi uchun vaqtinchalik ko‘prik ko‘tardi. Ko‘prikni ta’mirlash ishlarini sentyabr oyida yakunlash rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting